Aleks Markes operatsiyadan soʻng Portugaliya Gran-prisida qatnashadi
Ispaniyalik poygachi Aleks Markes oʻng yelkasidagi operatsiyadan soʻng Portugaliyadagi MotoGP bosqichida qatnashadi. U Qatar bosqichini oʻtkazib yubordi.
18-noyabr, 20:21По-русски

championat.com
“Gresini” jamoasi piloti jamoadoshi Fermin Aldeger bilan birga poygalarga qaytadi. Bu haqda chempionatning rasmiy sayti xabar berdi.
Kataloniya Gran-prisidagi may oyida yuz bergan avariyadan keyin oʻng yelkasida muammolar paydo boʻlgani sababli operatsiya rejalashtirilganidan qariyb bir oy oldin oʻtkazildi. Jarrohlik amaliyotigacha Markes ogʻriq qoldiruvchi ukollar oldi. Madridda uning oʻng oʻmrov suyagi va chap qoʻlidagi fiksatsiya moslamalari olib tashlandi, shuningdek, oʻng yelkasida artroskopiya bajarildi. Tiklanish jarayoni asoratlarsiz kechdi.




