Vembanyamaning 40 ochkolik dabl-dabli «San-Antonio Spurs»ga «Feniks Sans»ni yengishda yordam berdi
«San-Antonio Spurs» NBA oʻyinida «Feniks Sans»ni 122:96 hisobida magʻlub etdi. Markaziy oʻyinchi Viktor Vembanyama 40 ochko va 11 ribaund oldi.
10-noyabr, 11:46По-русски

sports.yahoo.com
«Spurs» barcha toʻrt chorakda gʻalaba qozondi: 25:31, 21:30, 22:32 va 28:29. Vembanyama dabl-dabl qayd etib, 40 ochkosiga 11 ribaund va uchta assistni qoʻshdi.
«Feniks» safida eng sermahsul oʻyinchi Devin Buker boʻldi — 32 ochko, ikkita ribaund va toʻrtta assist. Keyingi uchrashuvda jamoa «Los-Anjeles Klippers»ni qabul qiladi, «San-Antonio Spurs» esa «Chikago Bulls»ga qarshi safarda oʻynaydi.




