Yannik Sinner bodomsimon bezlarini olib tashlash operatsiyasini boshdan kechirganini maʼlum qildi
Jahonning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner bodomsimon bezlarini olib tashlash operatsiyasini boshdan kechirdi, ammo kortga qaytishga hali tayyor emas. Muolajadan soʻng u ancha ozdi.

Hozir Sinner jamoasi bilan Monakoda boʻlib, har kuni mushak massasini oshirish ustida ishlamoqda. Uning soʻzlariga koʻra, operatsiya bir necha hafta oldin oʻtkazilgan, shundan keyin u sezilarli darajada vazn yoʻqotgan.
Tennischi oʻyinlarni sogʻinganini tan oldi, biroq kortga qaytishga hali hatto yaqinlashgani ham yoʻq. U oʻzini taxminan bir hafta mashgʻulot oʻtkazishga tayyor deb his qilgach va ahvoli yaxshi boʻlgandan keyin mashgʻulotlarni boshlamoqchi.
Sinner avvalgi hislari va ijobiy kayfiyati qaytishiga umid bildirdi. U tiklanganidan keyin Avstraliyada yana tomoshabinlar qarshisida oʻynashga ham umid qilmoqda.




