Sergey Pavlovich Aleks Pereyra jangidan uch hafta oldin Las-Vegasga keldi
UFC muvaqqat chempionligi uchun sobiq daʼvogar Sergey Pavlovich 12-dekabr kuni UFC 335 turnirida Aleks Pereyra bilan jang oldidan Las-Vegasga yetib keldi.
24-noyabr, 13:36По-русски

championat.com
Pavlovich turnirning ikkinchi asosiy jangida UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Aleks Pereyra bilan toʻqnash keladi. Jang besh raundga moʻljallangan.
34 yoshli rossiyalik jangchi professional MMAʼdagi debyutini 2014-yilda oʻtkazgan. Uning rekordida 16 ta nokautni oʻz ichiga olgan 21 ta gʻalaba va uchta magʻlubiyat bor. Pavlovich, shuningdek, 120 kg gacha vazn toifasida Fight Nights Global chempioni boʻlgan.




