Minnesota sentri NBA tarixiy rekordini maydondan zarba bermay oʻrnatdi
StatHead maʼlumotiga koʻra, 20 yoshli fransiyalik Minnesota sentri Yoan Beranje NBAda bir oʻyinda maydondan zarba bermay, 4 ta toʻp olib qoʻyish va 4 ta blok qayd etgan ilk oʻyinchi boʻldi.
24-noyabr, 20:03По-русски

championat.com
Muntazam chempionatning uy uchrashuvida Minnesota Timberwolves Brooklyn Netsni 142:116 hisobida magʻlub etdi. Beranje maydondan birorta ham zarba bermay, 4 ta toʻp olib qoʻyish va 4 ta blok qayd etdi.
Avval bunday natijaga eng yaqin kelgan oʻyinchi Joel Prjibilla edi. U Portland Trail Blazers safida maydondan zarba bermagan holda 5 ta blok va 3 ta toʻp olib qoʻyishni qayd etgan.
Uchrashuvdagi epizodlardan birida Beranje Brooklynning rossiyalik himoyachisi Yegor Dyominning uch ochkolik zarbasini blokladi.




