ESPN Aleksandr Zverevni «2026 yilning eng yaxshi oʻyinchisi», Rafael Xodar esa «Yilning eng yaxshi yangi oʻyinchisi» deb eʼtirof etdi
ESPN Aleksandr Zverevni 2026 yilning eng yaxshi oʻyinchisi, 20 yoshli Rafael Xodarni esa yilning eng yaxshi yangi oʻyinchisi deb tan oldi.
24-noyabr, 22:46По-русски

championat.com
Zverev faoliyatida ilk bor «Katta dubulgʻa» turkumidagi turnirda — «Roland Garros» finalida gʻalaba qozondi. Oradan ikki oy oʻtib, u US Open chempioniga aylandi. Bundan tashqari, germaniyalik tennischi ilk bor jahon reytingida birinchi oʻringa koʻtarildi va yakuniy turnir finaligacha yetib bordi.
ESPN «Yilning eng yaxshi yangi oʻyinchisi» nominatsiyasida 20 yoshli Rafael Xodarni eʼtirof etdi. Ispaniyalik tennischi mavsumni reytingning 168-oʻrnida boshladi, ammo mavsum yakuniga kelib top-10 taligidan joy oldi. ATPdagi debyut yilida u shuningdek, yakuniy turnirga yoʻllanma oldi.




