The Raceʼda Formula 1 yangi dvigatellari eʼloni atrofidagi chalkashlik tahlil qilindi
FIA prezidenti Muhammad bin Sulayem Formula 1 2030-yildan V8 dvigatellariga oʻtishi boʻyicha kelishuvga muddatidan oldin ishora qildi, biroq muzokaralar hali yakunlanmagan.

FIAning rasmiy kanallarida V8 dvigatellariga oʻtish boʻyicha kelishuvga goʻyoki allaqachon erishilgani haqida xabarlar paydo boʻldi, biroq ular keyinroq oʻchirildi. Bunday eʼlon uchun federatsiya, Formula 1 rahbariyati va kuch qurilmalari ishlab chiqaruvchilarining rasmiy roziligi zarur.
The Race xabariga koʻra, postlar oʻchirilishiga qoidalarning yakuniy shakli hali rasmiylashtirilmagani sabab boʻlishi mumkin. 16-noyabr, dushanba kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar V8 dvigatellariga qaytish gʻoyasini umuman qoʻllab-quvvatladi. Yangi dvigatellar 2,1 litrlik turbomotor bazasida yaratilishi kutilmoqda.
Ishlab chiqaruvchilar boʻlajak reglamentning barcha tafsilotlarini hali kelishib olgani yoʻq, shu sabab muzokaralar davom etadi. Tomonlar asosiy qoidalarni 2026-yil oxirigacha tasdiqlashni rejalashtirmoqda.




