APLning 10 turidan soʻng «Manchester Yunayted» quyi ligaga tushib ketish zonasida — 18-oʻrin
«Manchester Yunayted» «Aston Villa» bilan durang oʻynadi (4:4) va APLning 10 turidan soʻng 8 ochko bilan 18-oʻrinda bormoqda, quyi ligaga tushib ketish zonasini tark etgani yoʻq.
9-noyabr, 11:11По-русски

sports.ru
Maykl Karrik jamoasi uchrashuv yakunida «Aston Villa» bilan durangni ilib oldi — 4:4.
Turnir jadvalida «Manchester Yunayted» 8 ochkoga ega. «Sanderlend» ham shuncha ochko toʻplagan va bir pogʻona pastda — 19-oʻrinda bormoqda.
Soʻnggi oʻrinni 7 ochko bilan «Kristal Pelas» egallab turibdi. Manchesterliklarga quyi ligaga tushib ketish zonasidan chiqish uchun bir ochko yetishmayapti: 17-oʻrinda 9 ochko jamgʻargan «Koventri» bormoqda.




