Kayla Harrison Nunes ustidan gʻalabadan soʻng faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi
UFC chempioni Kayla Harrison ikki vazn toifasida sobiq chempion Amanda Nunes ustidan gʻalabadan keyin faoliyatini yakunlashni istisno qilmadi.
18-noyabr, 17:59По-русски

championat.com
AQShning Nyu-York shahrida oʻtkazilgan UFC 334 turnirida amerikalik Kayla Harrison braziliyalik Amanda Nunesni magʻlub etdi. Harrison UFCning 61 kg gacha boʻlgan engil vazn toifasida chempionlik unvoniga ega, Nunes esa avval ikki vazn toifasida chempion boʻlgan.
The Ariel Helwani Show podkastida Harrison bu jang haqiqatan ham faoliyatidagi soʻnggi jang boʻlishi mumkinligini aytdi. Sportchi jangdan oldin ham, undan keyin ham faoliyatidan mamnun ekanini qoʻshimcha qildi. Yakuniy qaror esa bundan keyingi sharoitlarga bogʻliq boʻladi.




