Hojatxonadan oʻyin qahramonigacha: 18 yoshli Karetsas zaxiradan maydonga tushishini deyarli oʻtkazib yubordi, ammo Chempionlar ligasida «Borussiya»ga gʻalaba keltirdi
«Borussiya» yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas «Betis»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida zaxiradan maydonga tushishini deyarli oʻtkazib yuboray dedi: uni maydonga chaqirishgan paytda 18 yoshli yunon hojatxonada edi.

Karetsas birinchi boʻlimdayoq zaxira oʻrindigʻidan chiqib ketdi — u shunchalik erta kerak boʻlib qolishini xayoliga ham keltirmagandi. Ammo Seru Girassi jarohat oldi va dortmundliklar bosh murabbiyi Niko Kovach uning oʻrniga futbolchi izlay boshladi. Biroq kerakli oʻyinchi zaxira oʻrindigʻida yoʻq edi. Karetsasni nihoyat topishganida, unga koʻrsatma berishga vaqt qolmagandi va u murabbiy koʻrsatmalarisiz maydonga tushdi.
Biroq unga bu koʻrsatmalar ham kerak boʻlmadi. Karetsas Chempionlar ligasidagi ilk golini urdi, «Borussiya»ga gʻalaba keltirdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.




