Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklar09:38 · Boks va MMAJosh Hokit UFCʼning yarim ogʻir vazniga oʻtishiga ishora qildi26-noyabr, 21:52 · Boks va MMAOʻzbekiston chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari Jahon kubogida medallarni qoʻlga kiritdi26-noyabr, 21:35 · FutbolRonaldu «Al-Sadd» darvozasiga penaltidan faoliyatidagi 987-golini urdi26-noyabr, 21:12 · Boks va MMAKemeron Jeyk Polning MVP kompaniyasi bilan shartnomani uzaytirishga kelishdi26-noyabr, 20:48 · XokkeyMitch Marner NHLda 762 oʻyinda 600 ta uzatmaga erishdi — tezlik boʻyicha 15-oʻrin26-noyabr, 20:31 · BasketbolBoston Washingtonni yengib, NBAda magʻlubiyatlar seriyasini toʻxtatdi26-noyabr, 20:10 · BasketbolLaMelo Ball joriy mavsumda himoyaviy reyting boʻyicha NBAning atigi besh nafar oʻyinchisidan ortda26-noyabr, 19:51 · AvtosportFernando Alonso: «Hozirgi dvigatel bilan Aston Martin raqobatbardosh boʻla olmaydi»26-noyabr, 19:34 · Tennis«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida26-noyabr, 19:33 · BasketbolBoston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi26-noyabr, 19:32 · FutbolBavariya sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar fonida Musialani qoʻllab-quvvatladi26-noyabr, 17:27 · AvtosportJolyon Palmer: Fred Vasserning Ferrariʼdagi choralari tugab bormoqda
Boks va MMA

Petr Yan Dvalishviliga kitob oʻqishni maslahat berdi: «Balki, biroz tinchlanar»

UFC chempioni Petr Yan Merab Dvalishvili bilan jangdan keyin nimalar haqida gaplashganini aytib berdi. Gruziyalik jangchi bahsdan oldin rossiyalik raqibini yoqtirmasligini ochiq aytgan va bunga siyosiy sabablarni keltirgan.

6-noyabr, 18:26По-русски

Read in English

bloodandsweat.ru

Yan Abu-Dabidagi turnirda Dvalishvilini magʻlub etdi. Rossiyalik jangchi hakamlar qarorini adolatli deb hisoblaydi va tanqidchilarning shubhalarini muhokama qilmoqchi emas.

«Hakamlarning mening foydamga chiqargan qaroriga toʻliq qoʻshilaman, uning atrofidagi bahslar esa meni qiziqtirmaydi. Har doim tanqid qiladigan va biryoqlama hukm chiqaradiganlar topiladi. UFC reytinglariga kelsak, bu shunchaki oʻzining tartibsiz ritmida yashaydigan statistikadir», — dedi Yan.

Jangdan keyin raqiblar bir-birining qoʻlini siqdi, biroq Yan ularning tarixini endi barham topgan mojaro deb atamadi.

«Bu yerda mojaro yoki urush boltasini koʻmish haqida gapirmagan boʻlardim. Urishdik, qoʻl siqdik, bir-ikki ogʻiz gaplashdik. Men unga tarix va siyosat haqida bir-ikki fikr aytdim: unda ayrim tushunmovchiliklar borligi tushunarli. Kitob oʻqishni maslahat berdim — balki, biroz tinchlanar», — dedi Yan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media