Pol Jorj Karri, Harden va LeBron bilan NBA tarixidagi uch ochkolik zarbalar ustalari roʻyxatidan joy oldi
“Boston Celtics” forvardi Pol Jorj NBA muntazam chempionatlarida 2500-chi uch ochkolik zarbasini aniq amalga oshirib, ligada bu natijaga erishgan sakkizinchi oʻyinchiga aylandi.
25-noyabr, 11:43По-русски

championat.com
25 noyabrga oʻtar kechasi “Boston Celtics” NBA Kubogi doirasida safarda “Washington Wizards”ga qarshi oʻynadi. Uchrashuvda forvard Pol Jorj tarixiy marrani zabt etdi. Uchinchi chorakda u NBA muntazam chempionatlaridagi 2500-chi uch ochkolik zarbasini kiritib, liga tarixida bunday natijaga erishgan sakkizinchi oʻyinchiga aylandi.
Undan avval bu marrani Stiven Karri, Jeyms Harden, Rey Allen, Kley Tompson, Deymian Lillard, LeBron Jeyms va Redji Miller zabt etgan.
Jorjning navbatdagi maqsadi — faoliyatini 2560 ta aniq uch ochkolik zarba bilan yakunlagan Miller.




