WTA — 2026 yakuniy turniri: 11 noyabr natijalari
Indian-Uellsda WTA — 2026 yakuniy turniri guruh bosqichining ikki uchrashuvi boʻlib oʻtdi: Elina Svitolina Karolina Muxovani, Arina Sabalenko esa Mirra Andreevani yengdi.
12-noyabr, 11:25По-русски

championat.com
Svitolina Muxovani 3:6, 6:2, 6:2 hisobida magʻlub etdi. Sabalenko Andreevani 6:4, 6:0 hisobida yengdi.
Turnirda mavsum yakunlariga koʻra sakkiz nafar eng kuchli tennischi qatnashmoqda. Musobaqa arafasida dunyoning birinchi raketkasi va «Katta dubulgʻa» turnirlarining uch karra chempioni Yelena Ribakina musobaqani tark etdi. Uning oʻrnini dunyoning 10-raketkasi Marta Kostyuk egalladi.




