Moskvada SHHT ochiq kubogi yakunlandi — unda 22 mamlakat sportchilari qatnashdi
Moskva va Moskva viloyatida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining ochiq kubogi boʻlib oʻtdi. Turnirda 22 mamlakatdan kelgan sportchilar 11 ta yoʻnalish boʻyicha bellashdi.

Medallar stol tennisi, trampolinda sakrash, sambo, sport va badiiy gimnastika, sport tirmashuvi, ogʻir atletika, qilichbozlik, shaxmat, dzyudo va ushu boʻyicha oʻynaldi.
Sport tadbirlari Federal direksiyasi direktori Yuriy Yermoshkin turnir Rossiya sport vaziri Mixail Degtyaryov topshirigʻiga binoan tashkil etilganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, direksiya musobaqalarni tayyorlash, jumladan, delegatsiyalar logistikasi va ularni joylashtirish uchun javob bergan. Tashkilotchilar ishtirokchilar uchun teng sharoitlarni taʼminlash va bellashuvlarni yuqori saviyada oʻtkazishga intilgan.
Yermoshkin kubok SHHT mamlakatlari oʻrtasidagi sport hamkorligini yanada rivojlantirish va doʻstona aloqalarni mustahkamlash uchun asos boʻlishiga umid bildirdi.




