Mintyukov Edmonton ustidan Gordi Xou xet-trigini qayd etdi: gol urdi, uzatma berdi va mushtlashdi
Uning ishi faqat gol bilan cheklanib qolmadi: rossiyalik xokkeychi dubl qayd etdi va uchrashuvning birinchi yulduzi deb topildi.
6-noyabr, 13:17По-русски

nhl.com
Konor Makdevid yana bir ajoyib oʻyin koʻrsatganiga qaramay, bu unvonga Mintyukov sazovor boʻldi. «Oilers» sardori 5 (1+4) ochko jamgʻarib, mavsumdagi natijasini 17 ta oʻyinda 44 ochkoga yetkazdi.
Bu uchrashuvda yana bir rossiyalik ham ajralib turdi: «Edmonton» hujumchisi Vasiliy Podkolzin Makdevidni himoya qilib, «Anahaym» himoyachisi Dryu Xelleson bilan mushtlashdi. Podkolzin birinchi boʻlimning oʻzida oʻyin oxirigacha chetlatildi.
Sermahsul uchrashuvda «Anahaym» 5:4 hisobida gʻalaba qozondi.




