«Kurasha olishimni bilaman». Artur Fis Aleksandr Zverev bilan navbatdagi oʻyin haqida
Dunyoning yettinchi raketkasi Artur Fis ATP-2026 yakuniy turniri guruh bosqichida Aleksandr Zverevga qarshi uchrashuv haqidagi kutishlari bilan oʻrtoqlashdi.
18-noyabr, 13:16По-русски

championat.com
Fis ispaniyalik Rafael Xodar ustidan 4:6, 6:2, 6:2 hisobidagi gʻalabadan soʻng navbatdagi uchrashuviga yoʻl oldi. Bu fransiyalik tennischining turnirdagi ilk gʻalabasi boʻldi.
U boʻlajak bahsni qiyin deb atadi, biroq uzoq davom etadigan uchrashuvlardan qoʻrqmasligini taʼkidladi. «Kurasha olishimni bilaman, yoʻqotadigan narsam yoʻq», — dedi tennischi reytingdagi birinchi raketka bilan uchrashuv haqida.
ATP-2026 yakuniy turniri 15–21 noyabr kunlari Turinda oʻtkazilmoqda. Musobaqaning amaldagi chempioni Yannik Sinner tizzasidagi jarohat sabab turnirda qatnashmayapti.




