Viktor Vembanyama NBAda birdaniga uchta statistik toifada yetakchilik qilmoqda
NBAning 2026/2027-yilgi muntazam chempionatida Viktor Vembanyama blok-shotlar va «plyus-minus» koʻrsatkichi boʻyicha yetakchi, ribaundlar boʻyicha esa birinchi oʻrinni boʻlishib turibdi.

Fransiyalik basketbolchi liga boʻyicha blok-shotlar (67) va umumiy «plyus-minus» (+303) koʻrsatkichi boʻyicha birinchi oʻrinda. Jami ribaundlar soni boʻyicha u «Nyu-York Niks» vakili Karl-Entoni Tauns bilan birinchi oʻrinni boʻlishib turibdi.
Toʻplangan ochkolar jami boʻyicha Vembanyama 508 ochko bilan ikkinchi oʻrinda. Undan oldinda faqat «Los-Anjeles Leykers» pleymeykeri Luka Donchich bormoqda — uning hisobida 558 ochko bor.
Bu mavsumda fransiyalik basketbolchi 17 ta oʻyin oʻtkazdi. U har bir oʻyinda oʻrtacha 29,9 ochko toʻplaydi va 3,9 ta blok-shot qayd etadi. Soʻnggi uchrashuvda — «Nyu-Orlean Pelikans»ga qarshi bahsda (114:91) — Vembanyama 50 ochko toʻpladi, 19 ta ribaund oldi, toʻrtta toʻpni olib qoʻydi va beshta blok-shot qayd etdi.




