19 yoshli Darius Eykauff NBAda LeBron James va Michael Jordan natijalariga yaqinlashdi
Sacramento Kings pleymeykeri Darius Eykauff debyut mavsumida ikkinchi bor 30+ ochko va 10+ assist qayd etib, taniqli oʻyinchilarga tenglashdi.

Eykauff bu koʻrsatkichga 9 noyabrga oʻtar kechasi Miami Heatga qarshi uy uchrashuvida ikkinchi bor erishdi. Sacramento 108:114 hisobida magʻlub boʻldi.
Amerikalik samarali oʻyin oʻtkazdi: u 32 ochko toʻpladi, beshta ribaund oldi va 10 ta assist qayd etdi. Eykauff maydondan yoʻllagan 21 zarbasining 11 tasini aniq amalga oshirdi. Bu koʻrsatkichga erishish uchun unga NBAda atigi 10 ta oʻyin oʻtkazish kifoya qildi.
Allen Iverson, Jason Kidd va Blake Griffin ham debyut mavsumida kamida 30 ochko va 10 ta assist qayd etgan oʻyinlarni ikkitadan oʻtkazgan. Taqqoslash 1975/1976 mavsumidan boshlangan.
Yangi oʻyinchilar orasida bunday natijani eng koʻp Trey Young qayd etgan — 2018/2019 mavsumida yetti marta. Stephen Curry va Michael Jordan bu koʻrsatkichga besh martadan, LeBron James esa uch marta erishgan. Shu tariqa, Eykauff ushbu natija boʻyicha yetakchilar qatoriga kiradigan oʻyinchilarning koʻrsatkichlariga yaqinlashdi.




