Ralf Schumacher: «Hamilton Al Kapone kabi oʻzini tutyapti — u goʻyo egasini sayr qildirayotgan itdek»
«Formula-1»ning sobiq piloti Ralf Schumacher Meksika Gran-prisida radio orqali Sharl Leklerni jazolashni talab qilgani va jamoaga tahdid qilgani uchun Lyuis Hamiltonni tanqid qildi.

«Formula-1»ning sobiq piloti va Germaniyaning Sky telekanali eksperti Hamilton oʻzini poygachidan koʻra «Ferrari» rahbaridek tutyapti, deb hisoblaydi. Schumacherning fikricha, jamoadoshini jarimaga tortishni talab qilishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. U jamoani katta muammolar bilan qoʻrqitishni Al Kapone xatti-harakatlariga qiyosladi.
Schumacher bunday munosabatga toqat qilmasligini aytib, «Ferrari»ni zudlik bilan aralashishga chaqirdi. U, shuningdek, har ikki pilot bir-birining poygasini buzib qoʻyganini taʼkidladi, biroq uning baholashicha, jamoa Meksikada gʻalaba qozonishi kerak edi.




