Mbappeni irqiy haqorat qilgan «Oviedo» muxlisi 11 oyga qamaldi va jarimaga tortildi
«Oviedo» muxlisi Kilian Mbappeni irqiy haqorat qilgani uchun 11 oy qamoq jazosiga va jarimaga hukm qilindi. U 3 yil 11 oy sport tadbirlariga kiritilmaydi.
17-noyabr, 19:33По-русски

sports.ru
Hodisa 24 avgust kuni La Liganing 2-tur uchrashuvida yuz berdi. «Real» «Oviedo»ni 3:0 hisobida magʻlub etgan oʻyinda Mbappe 37-daqiqada gol urganidan soʻng, muxlis imo-ishora va tovushlari bilan maymunni tasvirlagan.
Muxlis aybini tan oldi. Qamoq jazosi va jarimadan tashqari, unga 3 yil 11 oy davomida sport tadbirlariga borish taqiqlandi. Bu hukm La Liga tashabbusi bilan boshlangan irqchilik ishidagi 12-hukm boʻldi.




