Kucherov NHLning atigi toʻrt nafar faol xokkeychisiga nasib etgan rekordni takrorladi
«Tampa-Bey Laytning» hujumchisi Nikita Kucherov «Buffalo Seybrz»ga qarshi oʻyinda (8:3) xet-trik qayd etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
12-noyabr, 15:33По-русски

championat.com
Uchinchi periodda Kucherov uchta shayba kiritib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi, «Tampa-Bey» esa NHL muntazam chempionatida «Buffalo»ni 8:3 hisobida magʻlub etdi.
Kucherov faoliyatida uchinchi marta bir periodda uchta gol urdi. NHLning faol xokkeychilari orasida Aleksandr Ovechkin hisobida bunday beshta holat bor, Jeyson Robertson, Yevgeniy Malkin va Teylor Xollda esa uchtadan. «Tampa-Bey» tarixida rossiyalik Marten San-Lui bilan tenglashdi.
Umuman, Kucherov NHL muntazam chempionatlarida 897 ta oʻyin oʻtkazib, 1150 ochko jamgʻargan — 409 ta gol va 741 ta golli uzatma.




