Peres: «Real» Negreyra ishini tergov qilish va aybdorlarni jazolashni talab qilmoqda
«Real» prezidenti Florentino Peres Negreyra ishini keng koʻlamli firibgarlik deb atadi. Klub tergov, aybdorlarni jazolash va zararni qoplashni talab qilmoqda.

«Real» aʼzolarining umumiy yigʻilishida Peres Negreyra ishi nafaqat Madrid klubiga, balki butun Ispaniya futbolining halolligiga daxldor ekanini aytdi.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, hakamlar korpusidagi ikkinchi shaxs qariyb yigirma yil davomida pul olgan. U, shuningdek, Negreyra «Barselona»ning hakamlar jamoaga qarshi qarorlaridan qochish istagini tan olganini aytdi. Peres yakuniy bahoni UEFA va sudlar berishi kerakligini taʼkidladi, biroq aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun harakat qilishini vaʼda qildi.
«Real» sud ishiga qoʻshildi va UEFAga shikoyat berdi. Tashkilot oktabr oyida klub taqdim etgan hujjatlarni oʻrganayotganini tasdiqladi. Madrid jamoasi ishni oxirigacha yetkazib, yetkazilgan zararni qoplashni istamoqda.
Peres La Liga va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasini ham tanqid qildi. Uning soʻzlariga koʻra, liga sud jarayoniga qoʻshilgan, ammo oʻz tergovini olib bormayapti va soʻroqlar vaqtida savollar bermagan.




