«Virtus» Yevroliganing 12-turida «Panathinaikos»ni magʻlub etdi
«Virtus» Bolonyadagi uy uchrashuvida Yevroliga muntazam chempionatining 12-turida «Panathinaikos»ni 84:79 hisobida yengdi.
18-noyabr, 16:09По-русски

championat.com
Italiya jamoasi katta tanaffusdan keyingi ustunligi evaziga gʻalaba qozondi. Uchrashuv 84:79 hisobida yakunlandi, choraklar boʻyicha natija — 19:20, 21:23, 20:13, 24:23.
«Virtus» safida Aliu Diarra va Muhamet Diuf eng sermahsul oʻyinchilar boʻldi — ularning har biri 15 ochkodan jamgʻardi. «Panathinaikos»da esa eng koʻp ochkoni Kendrik Nann qayd etdi — 18 ochko.




