NBAning Yevropadagi 16 jamoali liga loyihasini 2027-yilda ishga tushirish soʻroq ostida
NBAning 16 jamoali Yevropa loyihasining 2027-yildagi toʻliq mavsumi, ehtimol, oʻtkazilmaydi: liga saralash turniri yoki qisqartirilgan formatni koʻrib chiqmoqda.

NBA loyihani kichikroq koʻlamda ishga tushirish variantini oʻrganmoqda. Ssenariylardan biri — 2027-yil kuzida saralash turnirini oʻtkazish. Shuningdek, liga amaldagi klublar bilan kelisha olsa, ishtirokchilar soni kamroq boʻlgan qisqartirilgan musobaqa ham muhokama qilinmoqda.
Toʻliq mavsum oʻtkazilsa, unda 16 jamoa qatnashib, har bir klub qariyb 30 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlardi. Vardonning baholashicha, investorlarni jalb qilishdagi qiyinchiliklar hamda Yevroliga bilan davom etayotgan muzokaralar bunday loyihaning 2027-yilda ishga tushirilishini ehtimoldan yiroq qilmoqda.
Oktyabr boshida Yevroliga NBAning hamkorlik boʻyicha dastlabki taklifini rad etdi. Vardon maʼlumotiga koʻra, tashabbusga ayniqsa «Olympiacos» va «Milan» qarshi chiqdi.
Ularning rad javobi moliyaviy shartlar bilan bogʻliq emas edi. «Olympiacos» «Panathinaikos»ni jalb etishga intilayotgan loyihaga yordam berishni istamaydi, «Milan» esa «Milan» futbol klubi bilan bogʻliq franchayza paydo boʻlishidan xavotirda.




