Tramp Dana Uaytni Oq uy matbuot kotibi boʻlishga taklif qildi, jamoasiga esa Habib va Mahachevni ham qoʻshishni taklif etdi
AQSh prezidenti Donald Tramp UFC rahbari Dana Uaytga Oq uy matbuot xizmatiga rahbarlik qilishni taklif etdi. Bu haqda AQSh rahbari Truth Social ijtimoiy tarmogʻida yozdi.

Trampning soʻzlariga koʻra, Uayt oʻzi bilan yordamchilaridan iborat jamoani, jumladan, xorijliklarni ham olib kelishi mumkin. Prezident Islom Mahachev, Habib Nurmagomedov, Jastin Geyji, Daniel Kormye, Amanda Nunes va Kayla Harrisonni sanab oʻtdi (Tramp postida xato qilib «Kayla Harris» deb yozgan).
«Ajoyib Dana Uayt — shiddatli jangchi va haqiqiy jangovar inson — AQSh matbuot kotibi lavozimiga taklif etilganini mamnuniyat bilan maʼlum qilaman. Men undan, hatto yordamchilarining hammasi mamlakatimizdan boʻlmasa ham, ular bilan birga kelishini soʻradim. Bu lavozimda Danaga teng keladigani boʻlmaydi. Dana, iltimos, rozi boʻl!» — deb yozdi Tramp.
Uayt va Tramp koʻp yillardan beri doʻst. 2024-yilda UFC rahbari Trampning saylovoldi kampaniyasini faol qoʻllab-quvvatladi.




