Navratilova: Andreyevaning jahli tez, ammo u oʻzini boshqarishni oʻrgandi
“Katta dubulgʻa” turnirlarining 18 karra gʻolibi Martina Navratilova Mirra Andreyevaning WTA yakuniy turniri — 2026 dagi oʻzini tuta bilishini qayd etdi.
17-noyabr, 13:57По-русски

championat.com
Andreeva WTA yakuniy turniri — 2026 chempioniga aylandi. Finalda rossiyalik tennischi ukrainalik Elina Svitolinani 7:5, 6:3 hisobida magʻlub etdi.
Navratilova Andreyevaning Arina Sobolenkoga qarshi uchrashuvini esladi. Uning aytishicha, rossiyalik tennischi muvaffaqiyatsiz mashgʻulotdan soʻng birinchi setda 1:4 hisobida ortda qolgan, biroq keyin dunyo reytingidagi ikkinchi raketka sohibasiga qarshi ketma-ket 11 geymda gʻalaba qozongan. Navratilova Andreyevaning jahli tez chiqishini, biroq u bu feʼlini boshqarishni oʻrganganini qoʻshimcha qildi.




