Xeliovaara/Patten ATP-2026 juftlik yakuniy turniri bahsida Arribage/Olivettiga yutqazdi
Harri Xeliovaara va Genri Patten Turin shahridagi ATP juftlik turniri guruh bosqichi bahsida Teo Arribage va Albano Olivettiga yutqazdi: 7:6 (7:5), 7:6 (7:3).
20-noyabr, 14:53По-русски

ansa.it
Uchrashuv 1 soat 34 daqiqa davom etdi. Fransiya juftligi 10 ta eys amalga oshirdi, uchta qoʻsh xatoga yoʻl qoʻydi va qoʻlga kiritgan ikkita breyk-poyntning birortasidan foydalana olmadi. Xeliovaara/Patten hisobida 14 ta eys va bitta qoʻsh xato bor; ular birorta ham breyk-poynt ishlab chiqa olmadi.
ATP-2026 yakuniy chempionati 15–22 noyabr kunlari Turinda oʻtkazilmoqda. Xeliovaara va Patten juftlik bahsida turnirning amaldagi chempionlari hisoblanadi.




