Ayollar oʻrtasidagi 2028 yilgi jahon chempionati joyi aniqlandi
IIHF xabariga koʻra, 2028 yilgi ayollar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatini Syurix va Fribur qabul qiladi. 2026 yilda ham turnir shu shaharlarda oʻtkazilgan.
24-noyabr, 23:06По-русски

sport5.by
Shveysariyaning Syurix va Fribur shaharlari 2028 yilgi ayollar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazadigan joylar sifatida tanlandi. Qarorni Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) eʼlon qildi.
Amaldagi jahon chempioni — AQSh terma jamoasi: jamoa turnirda 12-marta gʻolib boʻldi. Oxirgi chempionatda kumush medal Kanadaga, bronza esa Shvetsiyaga nasib etdi. Turnir qishki Olimpiya oʻyinlari oʻtkaziladigan yillardan tashqari har yili tashkil etiladi.




