«Afsona»: Fernando Alonso Mark Markesning MotoGPdagi sakkizinchi chempionligi haqida fikr bildirdi
Fernando Alonso ispaniyalik poygachi MotoGPda sakkizinchi chempionlik unvonini muddatidan oldin qoʻlga kiritganidan soʻng Mark Markesni «afsona» deb atadi.

Markes 2026 yilgi mavsumning 21-bosqichi — Portugaliya Gran-prisi yakunlariga koʻra chempionlikni qoʻlga kiritdi. Unvon uchun unga toʻqqizinchi oʻrinning oʻzi kifoya edi, biroq Portimaudagi poygada u sakkizinchi boʻldi.
Poygadan soʻng «Aston Martin» safida qatnashayotgan, Formula-1ning ikki karra chempioni Fernando Alonso Markesning kubok bilan tushgan suratini eʼlon qilib, unga «Afsona» deb izoh yozdi.
Sakkizinchi unvon Markesga motopoygalarning asosiy seriyasidagi chempionliklar soni boʻyicha Valentino Rossidan oʻzib ketish imkonini berdi. Endi u bu rekordni italiyalik Jakomo Agostini bilan boʻlishmoqda — Agostinining ham chempionatdagi sakkizta gʻalabasi bor. Bundan tashqari, Markes 125cc va Moto2 klasslarida ham chempion boʻlgan.




