CIES Safonovni transfer qiymati boʻyicha dunyoning kuchli oʻnligiga kiritdi
CIES PSJ darvozaboni Matvey Safonovni transfer qiymati boʻyicha dunyoning kuchli oʻnligiga kiritdi: rossiyalik futbolchi 50,8 mln yevro baho bilan 9-oʻrinni egalladi.
18-noyabr, 17:57По-русски

matchtv.ru
Safonovdan yuqoridan «Barcelona» darvozaboni Joan Garsiya, «Manchester City» posboni Janluiji Donnarumma va «Manchester United» vakili Senne Lammens joy oldi.
Joriy mavsumda Safonov barcha musobaqalarda 16 ta oʻyin oʻtkazib, 17 ta gol oʻtkazib yubordi va toʻrt marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Rossiyalik darvozabon PSJdagi faoliyati davomida Fransiya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritgan.




