Karlik Jonsning 21 ochkosi «Partizan»ga «Valensiya»ni yengishda yordam bermadi
«Valensiya» Yevroliga muntazam chempionatining 12-turida «Partizan»ni 76:64 hisobida magʻlub etdi.
18-noyabr, 15:52По-русски

championat.com
Uchrashuv 17 noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Ispaniya jamoasi birinchi va toʻrtinchi choraklarda 16:13 va 24:13 hisobida ustun keldi, qolgan ikki chorakda esa 20:21 va 16:17 hisobida yutqazdi.
«Partizan»ning eng sermahsul oʻyinchisi Janubiy Sudan vakili, 28 yoshli himoyachi Karlik Jons boʻldi. U 21 ochko toʻpladi, ikki ribaund oldi, beshta uzatma berdi va ikki marta toʻp yoʻqotdi.
«Valensiya» safida eng koʻp ochkoni 28 yoshli amerikalik himoyachi Armoni Bruks — 15 ochko — jamgʻardi. Uning hisobida yana ikki ribaund va toʻrtta toʻp yoʻqotish bor.




