«Buni kutmagandim». Jeyms NBAda assistlar boʻyicha uchinchi oʻrinda
LeBron Jeyms «Philadelphia Sixers» «Indiana Peysers»ni 131:124 hisobida magʻlub etganidan soʻng NBA tarixida assistlar boʻyicha uchinchi boʻldi.
16-noyabr, 17:02По-русски

championat.com
«Philadelphia Sixers» «Indiana Peysers»ni 131:124 hisobida magʻlub etdi. Oʻyindan keyin Jeyms bu yutugʻi haqida fikr bildirdi va faoliyatida assistlar boʻyicha uchinchi oʻringa chiqishini kutmaganini aytdi.
Tarixiy roʻyxatda 15 806 ta assist bilan Jon Stokton yetakchilik qilmoqda. Kris Pol 12 552 ta assist bilan ikkinchi oʻrinda, Jeyms esa 12 092 ta samarali uzatma bilan uchinchi pogʻonaga koʻtarildi. «Bu meni juda kamtar qiladi. Ochigʻi, faoliyatimda bunday natijaga erishishni oldindan tasavvur qilmagandim», — dedi basketbolchi.




