Magʻlubiyatsiz UFC jangchisi Stirling Irji Proxazkani qanday nokaut qilganini aytdi
Navaxo Stirling Qatardagi UFC Fight Night 294 turnirida Irji Proxazkaga qarshi jangda tempni nazorat qilib, kerakli zarbalarni kutganini aytdi.
23-noyabr, 12:16По-русски

championat.com
Yangi zelandiyalik jangchi raqibining statistikasini oʻrganib, Proxazka odatda janglarni 10- yoki 12-daqiqada yakunlaganini aniqladi. Shu bois Stirling kuchini tejashga, ortiqcha zarbalar bermaslikka va intizomni saqlashga harakat qildi.
Jang davomida u UFCning yarim ogʻir vazn toifasidagi sobiq chempioni xavotiri kuchayayotganini payqadi va asta-sekin mos hujumlarni topa boshladi. Nokaut bilan qozonilgan gʻalaba Stirling uchun tanlagan taktikasining natijasi boʻldi.




