NBA Yevropadagi franchayzalar uchun kirish badallari $1 mlrdga yetishini kutmoqda
NBA komissari oʻrinbosari Mark Teytum Yevropa franchayzasi qiymati qariyb $1 mlrd boʻlishi mumkinligini aytdi. Liga Buyuk Britaniya kabi bozorlarga ham yoʻnalm..

NBA komissari oʻrinbosari Mark Teytum Yevropadagi yangi basketbol loyihasining tijoriy istiqbollari haqida gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, liga hali Yevroliga qamrab olmagan jozibador bozorlarga chiqishni rejalashtirmoqda. Ular qatorida Buyuk Britaniyani ham tilga oldi.
Teytumning qayd etishicha, Yevropa tizimidagi amaldagi jamoalar har yili oʻnlab million dollar sarmoya kiritadi, biroq franchayzalarining qiymati oshayotganini koʻrmayapti. Shu sababli, uning aytishicha, klublar yangi iqtisodiy hamkorlarni izlamoqda. Komissar oʻrinbosari Yevropa basketboli muxlislar qiziqishi va iqtidorli oʻyinchilarning koʻpligiga qaramay, daromadlar boʻyicha boshqa sport turlaridan sezilarli darajada ortda qolayotganini qoʻshimcha qildi.
Teytum rivojlanish yoʻnalishlaridan biri sifatida zamonaviy arenalarga investitsiyalarni tilga oldi. Uning baholashicha, yangi liganing ishga tushirilishi yirik infratuzilmaviy loyihalarni ragʻbatlantirishi mumkin. Basketbol oʻyinlari bunday maydonlarda yiliga 30–40 oqshom oʻtkazilishi, qolgan 320 kunda esa arenalardan musiqiy tadbirlar, konsertlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar uchun foydalanish mumkin.
Teytum loyiha tijoriy salohiyatiga oid bahosini Sportico Invest New York tadbirida bildirdi. U Yevropa ligasini ishga tushirish muddatlari va boʻlajak franchayzalar soniga aniqlik kiritmadi.




