Ikki karra Olimpiya chempioni Mariya Shurochkina xonadonidagi yongʻindan soʻng reanimatsiyaga yotqizildi
Sinxron suzish boʻyicha ikki karra Olimpiya chempioni va xonanda Nyushaning singlisi Mariya Shurochkina reanimatsiyada. Sportchi Moskvanning gʻarbiy qismidagi xonadonida yuz bergan yongʻin paytida jarohatlangan.
9-noyabr, 15:45По-русски

sportsdaily.ru
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, 31 yoshli Shurochkinaning yuzi va koʻkrak qismida jiddiy kuyishlar bor. TASS manbasi uning Sklyifosovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilganini maʼlum qildi.
Dastlabki taxminlarga koʻra, yongʻin bio-kamindan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida boshlangan.




