Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklar09:38 · Boks va MMAJosh Hokit UFCʼning yarim ogʻir vazniga oʻtishiga ishora qildi26-noyabr, 21:52 · Boks va MMAOʻzbekiston chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari Jahon kubogida medallarni qoʻlga kiritdi26-noyabr, 21:35 · FutbolRonaldu «Al-Sadd» darvozasiga penaltidan faoliyatidagi 987-golini urdi26-noyabr, 21:12 · Boks va MMAKemeron Jeyk Polning MVP kompaniyasi bilan shartnomani uzaytirishga kelishdi26-noyabr, 20:48 · XokkeyMitch Marner NHLda 762 oʻyinda 600 ta uzatmaga erishdi — tezlik boʻyicha 15-oʻrin26-noyabr, 20:31 · BasketbolBoston Washingtonni yengib, NBAda magʻlubiyatlar seriyasini toʻxtatdi26-noyabr, 20:10 · BasketbolLaMelo Ball joriy mavsumda himoyaviy reyting boʻyicha NBAning atigi besh nafar oʻyinchisidan ortda26-noyabr, 19:51 · AvtosportFernando Alonso: «Hozirgi dvigatel bilan Aston Martin raqobatbardosh boʻla olmaydi»26-noyabr, 19:34 · Tennis«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida26-noyabr, 19:33 · BasketbolBoston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi26-noyabr, 19:32 · FutbolBavariya sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar fonida Musialani qoʻllab-quvvatladi26-noyabr, 17:27 · AvtosportJolyon Palmer: Fred Vasserning Ferrariʼdagi choralari tugab bormoqda
Basketbol

Viktor Vembanyama NBA tarixida oʻziga xos rekord oʻrnatdi. Bunga hech kim erishmagan

Vembanyama «Feniks Sans»ga qarshi oʻyinda 40 ochko toʻpladi, 11 ta ribaund oldi, sakkizta blok-shot qayd etdi va ikkita uch ochkolik toʻp kiritdi. Bungacha NBAda hech kim bir oʻyinda bunday statistika qayd etmagan edi.

11-noyabr, 13:47По-русски

Read in English

Pierre.berendes / Wikimedia Commons

X ijtimoiy tarmogʻidagi StatMuse maʼlumotiga koʻra, bunday koʻrsatkichlar toʻplami liga tarixida bir oʻyinda ilk bor qayd etildi.

Vembanyamaga maydonda 25 daqiqa kifoya qildi va shu vaqt davomida «San-Antonio» ustunlikda boʻldi: uning «plyus-minus» koʻrsatkichi «+30»ni tashkil etdi. Bundan tashqari, fransiyalik basketbolchi NBAda kamida 30 ochko, 10 yoki undan koʻp ribaund, besh yoki undan koʻp blok-shot va ikki yoki undan koʻp aniq uch ochkolik toʻp kiritilgan kamida 10 ta oʻyinga ega boʻlgan yagona NBA oʻyinchisiga aylandi.

Bundan bir necha kun oldin, 5 noyabrga oʻtar kechasi, Vembanyama yana bir tarixiy oʻyin oʻtkazdi. «Dallas Maveriks»ga qarshi uchrashuvda u ochkolar boʻyicha shaxsiy rekordini oʻrnatdi (52), shuningdek, 24 ta ribaund va sakkizta blok-shot qayd etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media