Maks Ferstappen: WHOOPning Formula-1 loyihasi «hech kimga daxldor emas, pulsimni bilmayman»
Toʻrt karra jahon chempioni Maks Ferstappen 2027 yildan Formula-1 teleefirlarida pilotlar pulsini koʻrsatadigan WHOOP loyihasida qatnashmaydi.

Ferstappen tashabbusda qatnashishdan bosh tortib, na kundalik hayotida, na mashgʻulot paytida koʻrsatkichlarni kuzatuvchi qurilmalardan foydalanishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, qachon charchaganini oʻzi biladi, puls haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish esa shaxsiy daxlsizlik masalasidir.
Koʻrsatkichlar 2027 yilda efirga uzatiladi, biroq qaror ixtiyoriy boʻlib qoladi. Tashkilotchilar loyiha ishtirokchilari qatoriga allaqachon bir necha pilot qoʻshilganini maʼlum qildi, ammo Ferstappen ular orasida yoʻq.
Ferrari piloti Sharl Lekler esa maʼlumotlarini boʻlishishga tayyor. U tiklanish va uyquni nazorat qilish, shuningdek, chiqishlari vaqtida koʻrsatkichlarini kuzatish uchun WHOOPʼdan anchadan beri foydalanadi. Endi qurilma FIA tomonidan sertifikatlangan, shu bois uni rulda yashirmay taqish mumkin.
Mercedes piloti Jorj Rassell bu gʻoyani tomoshabinlar uchun qiziqarli deb hisoblaydi, ammo individual farqlarni inobatga olishga chaqiradi. Yosh va pulsning tabiiy darajasi raqamlarni qabul qilishga taʼsir qilishi mumkin, shuning uchun muxlislar notoʻgʻri xulosaga kelishi ehtimol. Rassellning fikricha, koʻrsatkichlarni eʼlon qilish ayrim pilotlar uchun ijobiy, boshqalari uchun esa salbiy axborot fonini yaratishi mumkin.




