Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlarni eʼlon qildi
Sovrin uchun Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi Usman Dembele boʻlgan.

Qisqa roʻyxatda eng koʻp vakil «PSJ»dan: parijliklar safida sakkiz nafar nomzod bor. Ular — Usman Dembele, Desire Duy, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendes, Joau Nevesh, Fabian Ruiz va Vitinya.
«Barselona»dan toʻrt futbolchi daʼvogarlik qilmoqda: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe — namoyish etadi. «Arsenal»da yana uch nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Vilyam Saliba.
«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise) ikkitadan nomzod taqdim etgan. Qolgan klublarning har biri bittadan futbolchi bilan qatnashadi: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandesh, «Liverpul»dan Dominik Soboslay va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.




