Alkaraz Parijdagi gʻalabasidan soʻng Sheltonga: «Mavsum yakuniy turnirida senga qarshi oʻynash biroz qoʻrqinchli boʻladi»
Karlos Alkaraz Parij turnirida gʻalaba qozondi. Finalda ispaniyalik tennischi Ben Sheltonni 7:6(5), 7:5 hisobida magʻlub etdi.

Taqdirlash marosimida Alkaraz raqibiga murojaat qildi. U amerikalik tennischini omadli haftasi bilan tabriklab, Shelton nafaqat tennischi, balki inson sifatida ham ajoyib ekanini, buni kortda ham, undan tashqarida ham koʻrish mumkinligini aytdi.
«Sen har doim haqiqiy chempion qanday boʻlishi kerakligini koʻrsatasan. Magʻlubiyatlardan keyin har safar kuchliroq boʻlib qaytasan. Ishonchim komilki, kelasi hafta yana eng yaxshi tennis oʻyiningni namoyish etasan. Mavsum yakuniy turnirida senga qarshi oʻynash hatto biroz qoʻrqinchli boʻladi», — dedi Alkaraz jilmayib.
Ispaniyalik tennischi soʻngida Sheltonning jamoasi va oilasini alohida tabriklab, ularni ajoyib insonlar va haqiqiy professionallar deb atadi.




