Andreyeva Svitolinani WTA yakuniy turnirida 6:0 lik set bilan yutdi
Mirra Andreyeva WTA yakuniy turnirining Indian-Uellsdagi guruh bosqichi ilk turida Elina Svitolinani 6:4, 6:0 hisobida magʻlub etdi.

AQShning Indian-Uells shahrida rossiyalik tennischi 2-guruhdagi ishtirokini ukrainalik raqibasi ustidan ishonchli gʻalaba bilan boshladi. Turnirda uchinchi raqam ostida saralangan Andreyeva uchrashuvni 1 soat 11 daqiqada yakunladi.
Uchrashuv oxirida rossiyalik tennischi oʻzining gʻalaba uchun bergan servis geymida ketma-ket toʻrtta breyk-poyntni qaytardi. Chorshanba kuni ikkinchi turda u Belarus vakili, dunyoning ikkinchi raketkasi Aryna Sabalenkoga qarshi oʻynaydi.
Svitolina keyingi uchrashuvda chexiyalik Karolina Muxova bilan bahslashadi. 1-guruhda ilk turdan keyin chexiyalik Linda Noskova va amerikalik Kori Gauff hisobida bittadan gʻalaba bor. Jessica Pegula va ukrainalik Marta Kostyuk esa bittadan magʻlubiyat qayd etgan.




