Bakole Fury — Joshua anderkardida Uaylderga qarshi jangda Opetayani almashtiradi
Bokschi Martin Bakole 11-dekabr kuni Kardiffda Fury — Joshua anderkardida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylderga qarshi jangda jarohat olgan Jey Opetayani almashtiradi.
24-noyabr, 13:58По-русски

skysports.com
Opetaya jarohati sabab jangdan chiqdi va 200 funtgacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etishda davom etadi. Bakole bu oqshom uchun allaqachon roʻyxatga kiritilgandi va qisqa muddatda jangga rozi boʻldi.
Avvalroq u jangga uch kun qolganida Deniyel Dyubua oʻrniga Jozef Parkerga qarshi ringga chiqqan va unga yutqazgan. Bungacha Bakole Toni Yoka, Karlos Takam va amerikalik Jared Andersonni magʻlub etgan.
Dasturga uelslik ogʻir vaznli bokschi Moises Jolli va Igor Adiel Masedu jangi ham qoʻshildi. Tashkilotchilar yana bir necha jangni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda.




