Nike 20 yillik tanaffusdan soʻng Formula-1’ga qaytadi
Formula-1 va Nike koʻp yillik hamkorlik shartnomasini tuzdi. Hamkorlik 2027 yilda boshlanadi va bu amerikalik brendning chempionatga yigirma yil oʻtib qaytishini anglatadi.
20-noyabr, 11:00По-русски

championat.com
Shartnomaga koʻra, Nike poyabzal, kiyim-kechak va aksessuarlarning mavzuli toʻplamlarini chiqaradi, shuningdek, sportchilar uchun texnologik jihozlarni ishlab chiqadi. Hamkorlikning yana bir yoʻnalishi — poyga dam olish kunlarida muxlislar uchun tadbirlar dasturi.
Birinchi qoʻshma toʻplam Las-Vegas Gran-prisiga bagʻishlandi. U bugun, 20 noyabr kuni namoyish etiladi: buyumlarni F1 Hub va Las-Vegasdagi Nike doʻkonlaridan xarid qilish mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, Nike F1 Academyʼning rasmiy hamkoriga aylanadi va ayollar seriyasi uchun jihozlar yetkazib beradi.




