Luka Donchich NBA tarixida muntazam chempionat startidagi ochkolar boʻyicha uchinchi natijani qayd etdi
«Los-Anjeles Leykers» pleymeykeri Luka Donchich muntazam chempionatdagi dastlabki oʻnta oʻyinida toʻplagan ochkolari soni boʻyicha NBA tarixida uchinchi oʻrinni egalladi.

2026/27 yilgi mavsumda uning hisobida 393 ochko bor, yaʼni har bir oʻyinga oʻrtacha 39,3 ochkodan toʻgʻri keladi. Bu haqda Basketball Forever yozdi.
Sloveniyalik basketbolchidan oldinda bu reytingda faqat Uilt Chemberlen bor — yuqori ikki oʻrinning ikkalasi ham unga tegishli. Afsonaviy markaziy hujumchi 1962/63 yilgi mavsumda dastlabki oʻnta uchrashuvda 529 ochko toʻplagan, undan bir yil avval — 1961/62 yilgi mavsumda esa uning hisobida 496 ochko boʻlgan. Donchich Chemberlendan keyin bitta muntazam chempionatining dastlabki oʻnta oʻyinida 390 ochkodan koʻproq toʻplagan birinchi basketbolchiga aylandi.
Donchich mavsumdagi oʻninchi oʻyinini 10 noyabrga oʻtar kechasi «Atlanta Xouks» maydonida oʻtkazdi. U 32 ochko, 10 ta samarali uzatma, sakkizta ribaund, beshta toʻp olib qoʻyish va ikkita blok-shot qayd etdi. «Leykers» 124:114 hisobida gʻalaba qozondi.




