Kamara Haas safida soʻnggi ikki poygada qatnashishda davom etadi
Braziliyalik Rafael Kamara Formula-1 mavsumining soʻnggi ikki poygasida Haas safida qatnashishda davom etadi. Bu Formula-2 tituliga xalaqit berishi mumkin: final oldidan u Nikola Tsolovdan 7 ochko oldinda.

21 yoshli Kamara 2027-yilgi mavsum uchun Haas jamoasidan joy oldi. Esteban Ocon jamoa rahbari Ayao Komatsu bilan ziddiyat sabab tarkibdan chiqarilgach, Kamara San-Paulu Gran-prisida jamoa tarkibiga kiritildi.
Endi braziliyalik poygachi Qatar va Abu-Dabi bosqichlarida ham qatnashadi. Formula-1ning bu ikki poygasi Formula-2 mavsumining yakuniy tadbirlari bilan bir vaqtda oʻtadi. Formula-2da Kamara bolgariyalik Nikola Tsolovdan 7 ochko oldinda bormoqda. Haasda uning qatnashishda davom etishi 2027-yilga tayyorgarlikka yordam beradi, deb hisoblashmoqda.
Komatsu Kamara har bir sessiyadan oʻrganish imkoniyati sifatida foydalanganini va jamoaga bosqichma-bosqich moslashganini aytdi. Jamoa rahbarining soʻzlariga koʻra, mavsum oxirigacha birga ishlash qisqa mavsumlararo tanaffus va Haasning 2027-yilga tayyorgarligini boshlashidan oldin foydali boʻladi.




