Zidan Mbappe Italiya terma jamoasiga qarshi oʻynamasligini maʼlum qildi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Kilian Mbappe UEFA Millatlar ligasining 5-turida 12 noyabr kuni Italiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushmasligini maʼlum qildi.
12-noyabr, 15:52По-русски

championat.com
Hujumchi biroz ogʻriq sezdi, shu bois Fransiya jamoasi uning sogʻligʻini xavf ostiga qoʻymaslikka qaror qildi. Uchrashuv Milan shahridagi «San-Siro» («Juzeppe Meassa») stadionida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan 0:45 da boshlanadi.
Zidan Mbappe yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan navbatdagi — Turkiyaga qarshi — uchrashuvga qadar tiklanishiga umid qilmoqda. Murabbiy avvalroq Orelyen Tchuameni va Markus Tyuram bilan ham shunga oʻxshash vaziyatlar yuzaga kelganini taʼkidladi.




