Axilles payi uzilganidan soʻng DiVinchensoning qaytish muddatlari taxminan aytildi — Charaniya
“Minnesota” himoyachisi Donte DiVinchenso 2026/27-yilgi NBA muntazam chempionatida Yangi yil atrofida debyut qilishi mumkin. Bu haqda ESPN jurnalisti Shems Charaniya X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.

Basketbolchi allaqachon jamoa bilan toʻlaqonli mashgʻulotlar oʻtkazishga ruxsat oldi. Soʻnggi haftalarda u “beshga-besh” formatidagi ikki tomonlama oʻyinlarda ham qatnashdi.
Aprel oyida DiVinchenso oʻng oyogʻidagi uzilgan Axilles payi boʻyicha operatsiya qilindi. U jarohatni “Denver”ga qarshi pley-off birinchi bosqichi seriyasining toʻrtinchi oʻyinida olgan.
Oʻtgan muntazam mavsumda himoyachi 82 uchrashuvning barchasida maydonga tushib, oʻrtacha 12,2 ochko toʻpladi, 4,1 ta ribaund oldi, 3,8 ta assist qayd etdi va 1,3 marta toʻpni olib qoʻydi. 244 ta aniq uch ochkolik zarbasi bilan u “Minnesota”ning ushbu koʻrsatkich boʻyicha yetakchisiga aylandi.




