Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Venesuelaga qarshi ikki uchrashuv oʻtkazadi
Oʻzbekiston U-20 jamoasi 13 va 16 noyabr kunlari Osiyo kubogi hamda 2027-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Venesuela bilan nazorat oʻyinlari oʻtkazadi.
6-noyabr, 12:03По-русски

sports.kz
Yigʻin 9–17 noyabr kunlariga rejalashtirilgan. Unga Jamoliddin Rahmatullayev rahbarlik qiladi. Har ikki oʻyin Milliy futbol markazida boʻlib oʻtadi; boshlanishi — 16:00.
Kutilishicha, murabbiylar shtabi yigʻin davomida futbolchilarning holatini baholaydi va xalqaro uchrashuvlarda tarkibni sinab koʻradi.




