Futbolchi ayollar FIFAni sudga berish bilan tahdid qildi: ayollar va erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatlari mukofot pullari tenglashtirilmasa
The Athletic xabariga koʻra, ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati mukofot pullari erkaklarnikiga teng darajaga yetkazilmasa, futbolchi ayollar FIFAga qarshi daʼvo kiritishi mumkin.

Sentabr oyida FIFPRO kasaba uyushmasi va 45 mamlakat vakillari koʻmagidagi futbolchilar ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati ishtirokchilariga erkaklar oʻrtasidagi musobaqa mukofot pulining kamida 30 foizini kafolatlashni talab qildi. FIFA rad etsa, kasaba uyushmalari Etika kodeksidagi gender kamsitilishiga oid moddaga tayanib, sudga murojaat qilishga tayyor.
FIFA ayollar oʻrtasidagi 2027 yilgi jahon chempionatining mukofot jamgʻarmasini ikki baravar oshirib, 220 mln dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Taqqoslash uchun, 2026 yilgi erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatida bu summa 871 mln dollarni tashkil etgan.




