Insayder: Jaron Ennis 28-fevral kuni uchta jahon chempionligi unvoni uchun ringga chiqadi
28-fevral kuni Atlantada 69,9 kg gacha boʻlgan vazn toifasidagi ikki jahon chempioni toʻqnash keladi. Amerikalik Jaron Ennis WBA va WBO kamarlarini, britaniyalik Josh Kelly esa IBF unvonini himoya qiladi.

Tomonlar kelishuvga erishgani haqida jurnalist Dan Rafael ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.
29 yoshli Ennis professional ringdagi ilk jangini 2016-yilda oʻtkazgan. U yuqori choʻqqiga yarim oʻrta vaznda (66,7 kg gacha) koʻtarila boshladi: 2023-yilda shu vazn toifasida chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi, 2025-yilda esa unvonlarni birlashtirdi. Shundan soʻng Ennis bir divizion yuqoriga koʻtarildi va 2026-yilda yangi vazn toifasida uning hisobida allaqachon ikkita chempionlik kamari bor edi.
Uning raqibi 32 yoshda. Kelly 2017-yilda professional boksga oʻtdi, 2026-yilda esa birinchi oʻrta vaznda chempionlik maqomiga ega boʻldi.




