Lyuis Xemilton Sharl Lekler bilan soʻnggi mojaro haqida: «Hammasini hal qilamiz»
Lyuis Xemilton Ferrari Las-Vegasdagi toʻqnashuvdan soʻng u va Sharl Leklerga trekda erkin kurashish imkonini saqlashini aytdi. Biroq haydovchilar voqeani muhokama qildi.

Ferrari haydovchilari Las-Vegas Gran-prisida kurash chogʻida yana toʻqnashib ketdi. Stevardlar toʻqnashuv uchun javobgarlikni Sharl Lekler zimmasiga yukladi, hodisa esa ikki haydovchini ham yaxshi natijadan mahrum qildi.
Bundan ikki hafta oldin Xemilton va Lekler Meksikadagi bosqichda peshqadamlik uchun kurashayotib toʻqnashgandi. Har ikki voqeadan keyin Ferrari rahbari Fred Vasser haydovchilarni tanqid qilib, vaziyat jamoa va uning homiylari uchun nomaqbul ekanini aytdi.
Lekler Ferrari bilan birga jamoaviy ochkolarni imkon qadar koʻpaytirish va bunday holatlarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradigan yechim izlayotganini bildirdi. Xemilton esa joriy mavsumda Monzadagi toʻqnashuvni ham qoʻshgan holda, ular oʻrtasidagi barcha burilishlar va hodisalarni allaqachon muhokama qilib chiqqanini aytdi.
Britaniyalik haydovchining soʻzlariga koʻra, har bir vaziyat uchun qoidalarni oldindan belgilab boʻlmaydi: haydovchilar sharoitni hisobga olib, qatʼiy, ammo adolatli harakat qilishi va jamoa manfaatlarini yodda tutishi kerak. U Lekler bilan trekda hamon erkin kurasha olishlarini, suhbatdan soʻng esa yaxshi munosabatlarni saqlab qolish va yangi toʻqnashuvlarning oldini olishga umid qilayotganini taʼkidladi.




